600 dan ortiq tojikistonliklar Rossiyadan deport qilindi

Olam

image

So‘nggi to‘rt kun ichida Moskvaning Vnukovo xalqaro aeroportidan 643 nafar Tojikiston fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

"Rossiyada minglab Tojikiston fuqarolari hech qanday sababsiz bir necha kun hibsda saqlanganidan so‘ng, nihoyat Rossiya hukumati 643 nafar muhojirni deportatsiya qildi", deb yozadi nashr mamlakat TIVga tayanib. 

Qo‘shimcha qilinishicha, yana 117 nafar Tojikiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvaning boshqa aeroportlarida ham vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

Ma’lumot uchun, 28 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi saytida "954 nafar mamlakat fuqarolari Vnukovo xalqaro aeroportidagi vaqtincha saqlash zonasida tegishli sanitariya sharoitlarisiz hamda aniq sabablarsiz ushlab turilgani" haqida ma’lum qilgandi. Ular orasida tojikistonlik talabalar ham borligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorev Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Rossiya Federatsiyasi hududida respublika fuqarolarining “huquqlari buzilgani” munosabati bilan nota topshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya deport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made