Amerikalik mashhur bokschi Islom dinini qabul qildi (video)

Sport

image

Yengil vazn toifasida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni Jervonta Devis (29-0) Islom dinini qabul qildi. Bu haqda uchta vazn toifasidagi sobiq chempion Badu Jek ma’lum qildi.

“Islomga xush kelibsiz, birodarim Jervonta”, deydi Jek.

Shuningdek, yana bir qator mashhur sportchilar Devisni Islomni qabul qilgani bilan tabrikladi.

“Yaratgan hayotingizni oson qilsin, to‘g‘ri yo‘lda tutsin. Islomga xush kelibsiz, birodar”, deydi UFC jangchisi Movsar Yevloyev.

Devis oxirgi jangini 22 aprel kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile” arenasida o‘tkazdi. O‘sha kuni u amerikalik yana bir mashhur bokschi Rayan Garsiyani mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rayan Garsiya Jervonta Devis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing