“Barselona” yosh himoyachisiga kosmik narx belgilaydi

Sport

image

“Barselona” tez orada yosh markaziy himoyachi Pau Kubarsi bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qiladi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” sport direktori Deku Kubarsi bilan yangi uzoq muddatli shartnomaning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan. Klub Kubarsini jamoada uzoq yil saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda, shu bois yangi shartnomada futbolchining tovon puli 1 milliard yevro qilib belgilanadi.

Shuningdek, “Barselona” yosh chap qanot himoyachisi Alexandro Balde bilan yangi shartnomaga xuddi shu summani kiritgan.

Joriy mavsumning ikkinchi yarmida 17 yoshli Kubarsi kutilmaganda “Barselona”ning asosiy jamoasida ko‘rinish berdi. U Xavi qo‘l ostida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Pau Kubarsi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made