G‘arbning sabri tugayapti: Ukraina qarzlarini to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin

Olam

image

Aftidan, G‘arb sarmoyadorlari va kreditorlari Ukrainaning qarzlarini qaytarishi uchun urush tufayli muhlat beraverishdan charchagan: ayni paytda Kiyev yevrobondlar bo‘yicha foizlarni to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin. Bu haqda WSJ o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, BlackRock BLK va Pimco (AQSHdagi eng yirik sarmoyaviy kompaniyalardan biri) ushbu masalada Ukrainaga bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Gap Ukraina yevrobondlarining beshdan bir qismiga (taxminan 20 milliard dollarga) egalik qiluvchi investorlar haqida bormoqda. Guruh yaqinda qo‘mita tuzib, foizlarni to‘lash bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Weil Gotshal & Manges  advokatlari hamda PJT Partners PJT bankirlarini yollagan.

"Asosiy maqsad: AQSHdan yaqindagina qariyb 60 milliard dollar yordam olgan Kiyevdan mamlakatning to‘lanmagan qarzlarining ma’lum qismini undirish", deyiladi xabarda. 

Ukraina kelishuvsiz avgust oyida qarzini qaytarish muhlatining tugashi sabab defoltga uchrashi, bu esa mamlakatning investorlar o‘rtasidagi obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Oqibatda Kiyevning yangi kreditlar olishi qiyinlashadi.

Aprel oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari va obligatsiyalar egalari guruhining ayrim a’zolari Vashingtondagi uchrashuvi chog‘ida ushbu masalani muhokama qilgan. 

Qayd etilishicha, Ukraina uchun pul tikkanlarning ko‘pchiligi urush tezda tugashidan umidvor bo‘lgan.

Avvalroq, Oliy Rada Byudjet qo‘mitasi raisi Roksolana Pidlasa joriy yilda Ukraina davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va to‘lash uchun mamlakat byudjetidan 1 trilliondan ortiq grivna (taxminan 25,6 milliard dollar)  ajratishi kerakligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina G'arb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made