Gruziyada politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

Olam

image

Gruziya poytaxti Tbilisida minglab odamlar “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qarshi namoyishlar qilishda davom etmoqda. Bu haqda “Rustavi 2” telekanali xabar berdi.

Kecha, 1 may kechasi Shota Rustaveli xiyobonidagi parlament binosiga kirishni to‘smoqchi bo‘lgan politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Huquq-tartibot xodimlari namoyishchilarga qarshi qalampir gazi va suv purkagichlardan foydalangan.

Xabar qilinishicha, namoyishchilar politsiya xodimlariga qarata turli buyumlar uloqtirgan. Bir guruh faollar qo‘shni ko‘chalarda transport harakatini to‘sib qo‘yishga harakat qildi.

Gruziya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Daraxvelidzening ma’lum qilishicha, Tbilisida ikki kun davom etgan norozilik namoyishlarida yetti nafar politsiyachi yaralangan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 may kuni Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qullagandi. Hujjatni 83 deputat qo‘llab-quvvatladi, 23 deputat qarshi chiqdi. Qonun loyihasini yakuniy ma’qullash uchun u uchinchi o‘qishda ham qabul qilinishi kerak.

Hujjat o‘tgan yili qonun loyihasining birinchi varianti muhokama qilinganida ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan edi. Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili va muxolifat partiyalari qonun loyihasini rossiyaparast deb hisoblab, unga qarshi chiqmoqda. Zurabishvili “xorijiy agentlar” haqidagi qonun loyihasi uch o‘qishda qabul qilinsa, unga veto qo‘yishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya xorijiy agentlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made