Maktabdagi qartabozlik bo‘yicha qo‘shimcha izoh berildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoq sahifalarida "Maktabmi bu yoki qimorxona?" sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Tasvirlarda bir necha o‘quvchilarning dars paytida qarta o‘ynab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qo‘shimcha izoh berdi.

Unga ko‘ra, videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2022/2023-o‘quv yilining taxminan oktyabr–noyabr oylarida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda kuzatilgan. O‘quvchilar ustoziga bildirmasdan qartabozlik qilishgan, bu holatni o‘qituvchi ko‘rmagan.

Bu voqea o‘sha paytning o‘zida maktab ma’muriyati, ichki ishlar xodimlari, psixolog, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. O‘z navbatida, o‘quvchilarning ota-onalaridan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. Holatni tasvirga olgan o‘quvchilar o‘quv yili oxirida boshqa maktabga o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab qartabozlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made