Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi lavozimiga O‘tkirbek Komiljonovich Ma’murov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkirbek Ma’murov 1973 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda “K.Timirzayev” nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi sohalarida agronom, mudir, rais o‘rinbosari, rais, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan. 

Ma’murov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shu paytga qadar Marhamatni boshqarib kelayotgan Boburjon Yo‘ldoshev nima sababdan tuman hokimi lavozimidan ketgani ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 may kuni Buxoro shahrini shu paytgacha boshqarib kelgan Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani, uning o‘rniga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Marhamat O'tkirbek Ma'murov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made