O‘qituvchilar maosh kamligi uchun maktabga bormayapti

Jamiyat

image

Bugungi kunda oliygohni tamomlayotgan, yaxshi bilimga ega xorijiy til o‘qituvchilari oylik maosh kamligi uchun maktabda ishlashni xohlamayapti. Bu haqda Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov kecha, 8 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

QALAMPIR.UZ sayti jurnalisti matbuot anjumanida xorijiy til bo‘yicha oliygohni tamomlagan bitiruvchilardan diplomi bo‘lishiga qaramay til sertifikati talab qilinayotgani, til sertifikatiga ega bo‘lmagan bitiruvchilar ishga qabul qilinmayotganiga Oliy ta’lim vazirligining munosabati haqida savol bergan edi. Bunga Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov quyidagicha javob berdi.

“Xorijiy til o‘qituvchilaridan C1 darajali til sertifikati talab qilish Oliy ta’lim muassasalarida ham bor, maktablarda ham bor. Yaxshi xorijiy til o‘qituvchilari maktabga ishga bormayapti oyligi kamligidan, ochig‘ini aytadigan bo‘lsak. Demak, maktab ishga olmasa undan yaxshi joyga ishga borishi kerak. Albatta, ish beruvchining talabi ham inobatga olinishi kerak. Diplom bor, diplom o‘tadi. Diplom tan olinmaydi, degani emas, noto‘g‘ri talqin qilinmasin. Sertifikat talab qilyapti, sertifikati bo‘lsin o‘qituvchining, degan ma’noda. Faqat, ish beruvchi talab qilayotgan bo‘lsa, sertifikat olish kerak. Xorijiy til o‘qituvchisi xorijiy tilni hammadan yaxshi bilishi kerak”, deydi Xoliqov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ'ning "O‘qituvchilar uchun yangi boshog‘riq. Diplom oddiy qog‘ozga aylanadimi?" nomli maqolasi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made