Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasini quradi

Jamiyat

image

“Rosatom” va “O‘zatom” O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomani yakunlamoqda. Bu haqda “Rosatom”ning saytida ma’lum qilindi.

AES loyihasi VVER-1200 tipidagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokni qurishni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, ushbu turdagi reaktor “3+” avlodiga tegishli bo‘lib, xavfsizlik va samaradorlikning eng yuqori xalqaro standartlariga javob beradi.

“Rosatom” davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha pudratchi sifatida tanlangan.

“Jizzax viloyatida joylashgan Tuzkon ko‘li hududini tanlash muhandislik tadqiqotlari natijalariga ko‘ra aniqlandi, bu uning ushbu turdagi ob’ektni joylashtirish uchun yaroqliligini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Birinchi energiya blokining ishga tushirilishi 2030 yilda, ikkinchi blokning ishga tushirilishi esa 2033 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda. Loyihaning dastlabki qiymati 11 milliard dollarga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida stansiya qurilishini nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasi 2017 yil dekabrida imzolangan. O‘shandan beri ushbu shartnomani yakunlash orqaga surilib kelinayotgan edi.

2017 yildan so‘ng O‘zbekistonda “O‘zatom” Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rosatom O'zatom atom elektr stantsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made