Samarqandda farzandi avariya bo‘lganini eshitib, darsini o‘tmagan o‘qituvchi jazolanadigan bo‘ldi 

3-sahifa

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Payariq tumanidagi 15-umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilariga dars o‘tilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi. 

Bildirilishicha, 4 may kuni 11-“A” sinf o‘quvchilari uchun 5-soat fizika fani o‘tilishi kerak bo‘lgan. Fizika fani o‘qituvchisi 5-soat dars jarayonlari boshlanishida uning farzandi yo‘lda avtohalokatga uchrab, shifoxonaga tushib qolgani haqidagi xabarni eshitib, maktab rahbarlarini ogohlantirmasdan chiqib ketgan va darsni ochiq holda qoldirgan. 

Xuddi shunday, 11-“B” sinf o‘quvchilariga 5-soat ingliz tili fani o‘tilmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib borilganida, 11-“B” sinfiga 5-soat darsi chet tili fani xonasida o‘tilganini o‘quvchilar tasdiqlagan va darsda 8 nafar o‘quvchi qatnashganini bildirgan. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan dars jarayonlarini nazorat qilmagani uchun sinf rahbarlari va mas’ullarga intizomiy jazo choralari qo‘llanadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Payariq jazo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made