Suzoqdagi fojia: yuk mashinasi bosib ketgan o‘quvchilarga nima bo‘ldi?

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti – Bishkekdan bortida dori-darmonlar va qon bo‘lgan maxsus samolyot Suzoqdagi fojia jabrlanuvchilari yotqizilgan shifoxonalar tomon uchib ketdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Aliymqodir Beyshenaliyev ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, u Jalolobod va Suzoqdagi klinikalarda shifokorlar bilan onlayn maslahatlar o‘tkazmoqda.

“Yetti bola reanimatsiyada, to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Ularda miya shikastlanishi va qorin bo‘shlig‘i jarohati bor. Davolash jarayonini shaxsiy nazoratimga oldim, onlayn konsultatsiyalar berib boramiz. Barcha kerakli dori-darmonlar va qon mavjud”, degan Beyshenaliyev.

Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Edil Baysalov ham Suzoqda yuk mashinasi urib yuborgan maktab o‘quvchilari hamda voqeaga guvoh bo‘lgan bolalar bilan qo‘shimcha psixologlar ish olib borishini aytib o‘tdi.

 "Tibbiy xizmatlar hali ham bizning ustuvor vazifamizdir. Har qanday moliyaviy to‘lovlar hali muhokama qilinadi. Ammo davolanish, reabilitatsiya qilish, kerak bo‘lsa Bishkekka yoki xorijga olib borib, davolatish to‘liq davlat hisobidan amalga oshiriladi”, degan Edil Baysalov.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda yuk mashinasi 29 nafar o‘quvchini bosib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made