Turkiyada 22 yoshli Zaynab Chelik hokim bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 31 mart kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlarda 22 yoshli Zaynab Chelik mamlakatning eng yosh hokimi bo‘ldi. Bu haqda "TRT Haber" nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chanoqqal’a viloyatining Yeniche tumanidagi Kalkim shaharchasi uchun saylovda mustaqil nomzod Zaynab Chelik g‘alaba qozongan va shahar hokimi bo‘lgan. 

5 yil davomida shaharni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan Chelik uni qo‘llab-quvvatlagani barchaga minnatdorlik bildirgan. O‘z burchini sadoqat bilan bajarishga va xalqqa munosib xizmat qilishga va’da bergan.

Turkiyaning taniqli ishbilarmonlaridan biri Mehmet Chelikning qizi bo‘lgan Zaynab jami 1983 saylovchiga ega Kalkim shaharchasida 47,91 % ovoz bilan yetakchilikni qo‘lga kiritgan. U 40,00 % ovoz bilan mag‘lubiyatga uchragan "Adolat va taraqqiyot" partiyasi (AK Parti) nomzodi Ibrohim Tashkinni ortda qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlar paytida odamlar orasida janjal sodir bo‘lib, oqibatda ikki kishi vafot etgan edi. Bugungi natijalarga ko‘ra, Turkiya muxolifati 20 yil ichida ilk bor mahalliy saylovlarda Erdo‘g‘anning partiyasini mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Chanoqqal'a Zaynab Chelik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made