Rossiyaning Ukrainaga bosqini tarix darsliklariga kiritilmoqda

Olam

image

Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” Rossiyada 11-sinf o‘quvchilarining tarix darsligiga kiritilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha mamlakat Madaniyat vaziri Sergey Kravsov hamda Rossiya Prezidentining ijtimoiy loyihalar boshqarmasi departamenti boshlig‘i Vladislav Kononov tomonidan taqdim etilgan. 

Darslikda, jumladan, G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari, shuningdek, “maxsus operatsiya” ishtirokchilari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Vatan himoyachilari” jamg‘armasining tashkil etilishi haqida ham eslatib o‘tilgan. Darslikda urushning boshlanish sabablari ham “ochib” beriladi. 

Bundan tashqari, unda Ukraina rasmiylarining harakatlari bilan bog‘liq “xavfsizlik tahdidlari” haqida so‘z boradi. Kitobda o‘quvchilardan 2020 yildan boshlab Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflash ham so‘raladi. 

“Maxsus operatsiya mamlakat aholisini uning ishtirokchilariga yordam berish va qo‘llab-quvvatlashga undadi. Rossiya Federatsiyasining barcha sub’ektlarida ommaviy ko‘ngillilar harakati boshlandi”, deyiladi yangi darslikda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kinodan propaganda vositasi sifatida foydalanishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab darsligi Maxsus harbiy operatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made