“O‘zbekneftgaz” rahbari yana bir tashkilot raisiga aylandi 

Sport

image

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 8 may kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida Bahodir Sidiqov federatsiyaga yangi rahbar etib saylangan.

Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023 yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan. 

Hisobot-saylov konferensiyasida  Mehriddin Abdullayevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ma’qullandi. Abdullayev 2020 yil yanvaridan 2023 yil martigacha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasini ham boshqargan, shundan so‘ng Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekneftgaz Mehriddin Abdullaev Bahodir Sidiqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made