BAAda yettita neft tankerida portlash yuz berdi
Olam
−
12 may 2019
7788Bugun tongda Birlashgan arab amirliklarining Fujayra portida bir necha soat oralig‘ida kuchli portlashlar sodir bo‘lgan.
Dastlab portda turgan tankerlardan birida yong‘in chiqan va kuchli portlashni yuzaga keltirgan. Natijada unga yaqin bo‘lgan va kamida 7 ta neft ortilgan tanker portlashi oqibatida alanga o‘chog‘i kengayib ketgan.
Kuchli portlash Fujayra porti yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 4:00 va 7:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Manbaga ko‘ra, yong‘in yettitadan o‘ntagacha neft tankerini qamrab olgan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirishning iloji bo‘lmagan.
Guvohlarning aytishicha, yong‘in sodir bo‘lgan paytda portga yaqin hudud osmonida bir nechta AQSH va Fransiyaga tegishli harbiy samolyotlarni ko‘rishgan. Bu haqda “Rambler” xabar bermoqda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023