Baku meri Toshkentdagi “uylar qirg‘ini” va tijorat odamining hokim bo‘lishi haqida

Intervyu

Avvalroq, QALAMPIR.UZ O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari orasida birinchi bo‘lib Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahri meri Eldor Azizov bilan eksklyuziv intervyu qilgani haqida xabar bergan edik. 

Eldor Azizov Baku shahri meri lavozimini vaqtincha bajaruvchi sifatida 2018 yilning iyul oyida tayinlangan edi. Nobyar oyida esa Prezident Ilhom Aliyev imzolagan hujjatga asosan Eldor Azizov Baku meri lavozimiga rasman tasdiqlandi. 

U bu vaqt davomida bor-yo‘g‘i ikkita OAVga intervyu berdi. Bulardan biri mahalliy telekanal bo‘lsa, ikkinchisi QALAMPIR.UZ internet nashri.

Mazkur videointervyu va nihoyat tayyor va siz uni o‘zbek tilida tomosha qilishingiz mumkin. 

Baku meri Eldor Azizov bilan Toshkent-Baku munosabatlari, Ozarbayjon poytaxtining kun sayin chiroy ochib borayotgani, osmono‘par binolar, dunyo e’tiborini o‘ziga tortayotgan hashamatli saroylar, qolaversa, kun sayin qadr topib borayotgan tarixiy obidalar, sayyohlar oqimi, ishsizlik, poytaxt aholisining muammolari haqida gaplashdik.

Baku aholisi 3 millionga yaqin. Sayyohlar oqimi borasida u Toshkentdan ancha oldinda. Shahar ozoda, chiroyli va ko‘rkam. Xo‘sh, bu natijalarga qanday erishilyapti? Mer suhbat davomida ushbu masalaga ham to‘xtaldi. 

Bakuda ham yangi qurilish va biznes loyihalar sabab aholining uyi buziladimi? Odamlarning mulkiy haq-huquqlari qanchalik daxlsiz? Xo‘sh, u yerda “uylar qirg‘ini” qanday? Toshkentdagi “uylar qirg‘ini”ga munosabati-chi? Mer bu haqdagi savollardan qochgani yo‘q. 

Ma’lum bir lavozimda ishlash uchun tajriba kerakmi yoki tijoratda orttirilgan tajriba bilan ham mer bo‘lish mumkinmi? Masalan, Ortiqxo‘jayev davlat boshqaruvida ishlamay turib, Toshkent shahar hokimi bo‘ldi. Azizov esa aksincha, Baku hokimi bo‘lgunga qadar juda katta yo‘lni bosib o‘tgan, tajriba to‘plagan. Baku hokimining bu haqdagi fikrlari ham sizga qiziq bo‘lsa, intervyuni tez orada QALAMPIR.UZ’da tomosha qilishingiz mumkin. 

Mazkur intervyuni yuqoridagi slayderda, YouTube va Mover’dagi sahifalarimizda tomosha qilishingiz mumkin. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Azizov

Baholaganlar

218

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing