Bakudagi savdo markazida yong‘in yuz berdi

Olam

image

Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, savdo markazidagi yong‘inda 6 kishi jarohat olgan. Ularning ikki nafari o‘t o‘chiruvchilardir. 

Yong‘in shanba kuni kechasi Baku shahri yaqinidagi “Zagulba Mall” savdo markazida yuz bergan. Bu paytda savdo markazida odamlar juda ko‘p bo‘lgan.

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, savdo markazi xodimlari va tashrif buyuruvchilar xavfsiz evakuatsiya qilingan. Voqea sabab jarohat olgan to‘rt nafar mahalliy aholi vakili va ikki nafar o‘t o‘chiruvchi shahar hududidagi shifoxonaga jo‘natilgan. 

Yong‘in ancha payt davom etgan. Avvaliga yong‘in 30 kvadrat metrga teng hududda kelib chiqqan va alanga atrofga yoyila boshlangan. Biroq o‘t o‘chiruvchilar tezda olovni o‘chirishning uddasidan chiqigan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing