Bugun Andijondagi qonli fojiaga 14 yil to‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish va islomiy davlat barpo etishga qaratilgan mudhish jinoyat 2005 yilning 12-13 may kunlari yuz bergandi. O‘sha kuni Andijon markazida avvaliga teatr binosi yoqib yuborilgani va hokimiyat binosining terrorchilar tomonidan bosib olinishi natijasida tinch aholi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari halok bo‘lishgandi. 

Har yili ushbu sana yaqinlasharkan xorijiy OAVlar bo‘htonlarga qorishgan maqolalarni e’lon qilib turadi. “Tinch namoyishchilar o‘qqa tutilgani” iddao qilinadigan bu kabi maqolalarning tag zamirida hech qanday dalil, ishonchli fakt va asoslar bo‘lmaydi.

Shunchaki, yosh, navqiron davlatlarda revolyutsiya qilish, notinchlikni keltirib chiqarish orqali mintaqada barqarorlikni yo‘qqa chiqarishni maqsad qilgan xalqaro nohukumat tashkilotlarning yo‘rig‘iga yuradigan bu kabi OAVlarning g‘ayritabiiy hikoyalari, “afsona”lariga hech kim ishonmaydi, labbay demaydi. 

Terrorchilarning tashqi kuchlar ta’siridagi bu tartibsizliklari oqibatida 187 kishi halok bo‘lgandi. Halok bo‘lganlarning 60 nafari tinch aholi, 31 nafari huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari edi. 

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan olib borilgan aksilterror tadbirlar vaqtida esa 94 nafar terrorchi yo‘q qilingan, 76 nafari yaralangan.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon OAV 2005

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing