Seul Milliy universiteti O‘zbekistonga 2 mingga yaqin kitob taqdim etdi

Jamiyat

image

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetining yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Koreya respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yong Vu, Koreya fondi raisi Li Si Xyung, Koreya ta’lim markazi direktorii O Gi Yol, Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori Son Song Il, Sejong koreys instituti direktori Xo Son Xong va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari institutning kompleks ta’mirdan chiqarilgan mazkur binosida talaba va o‘qituvchiar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tadbir davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Koreya fondi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra TDSHIga Janubiy Koreyadan o‘qituvchilar dars berish uchun keladi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Koreyashunoslik fakulteti 2018 yil 2 iyulda ochilgan va fakultetda "Koreys filologiyasi" , "Koreya iqtisodiyoti va siyosati" hamda "Koreya tarixi va madaniyati" kafedralari faoliyat olib bormoqda. 

Fakultetning maqsadi, tarjimon va filologlar yetishtirish bilan birga, Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Hozirda fakultetda 7 nafar koreyalik professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Shuningdek, 2013 yilning 26 noyabrida KOICA yordami bilan TDSHIda elektron kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, yaqinda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Seul Milliy universiteti tomonidan institut kutubxonasiga 2 mingga yaqin kitob taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Janubiy Koreya Koreyashunoslik fakul'teti

Baholaganlar

8

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing