IIV Mahmud Rajabovning uyi tintuv qilinishi va “Payg‘ambarlar tarixi” kitobining olib qo‘yilishi bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda shoir Mahmud Rajabovning uyida tintuv o‘tkazgani va Muhammad Solihning “Payg‘ambarlar tarixi” kitobi olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan o‘rganib chiqilib, rasmiy bayonot e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yilning 26 mart kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan Maxmud Karimovich Radjabovning qora rangli sumkasi bojxona xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, undan bojxona ko‘rigida taqdim etilmagan jami 26 dona kitoblar hamda bir dona “Mi 5+” rusumli uyali telefon apparati xotirasida diniy mazmundagi, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar (video, audio yozuvlar va elektron kitoblar) borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 30 aprel kuni “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan Mahmud Rajabovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (Kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019 yil 8 maydagi ko‘rsatmasiga asosan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni o‘tkazish Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 158-, 161-, 163-moddalari tartibida, Xorazm viloyat prokuraturasi sanksiyasi (ruxsati) bilan 2019 yil 10 mayda Mahmud Rajabovning Gurlan tumani, “Birlashgan” qishlog‘ida joylashgan xonadoni va yordamchi xo‘jaliklarida viloyat va tuman IIB xodimlari, xolislar, shuningdek, “Shang‘i” mahalla fuqarolari yig‘ini faollari ishtirokida tintuv tergov harakati o‘tkazilgan.

Tintuv davomida Mahmud Radjabovning xonadonidan uyali telefon, noutbuk, disklar, 3 dona Turkiya davlatida chop qilingan (shu jumladan, “Payg‘ambarlar tarixi”) diniy mazmundagi kitoblar va boshqa hujjatlar o‘rganish uchun olingan. Tintuv yakunida gumon qilinuvchi Mahmud Rajabov bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan, bu haqda tintuv bayonnomasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari, tintuv tergov harakati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 91-moddasi 4-qismi talablariga asosan to‘liq videoyozuv vositasidan foydalangan holda qayd etilib, tintuv bayonnomasiga ilova qilingan.

Shuningdek, tergov harakatlari davomida Mahmud Rajabovdan olingan ashyoviy dalillar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining talablari asosida tegishli (dinshunoslik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, kompyuter-texnik) ekspertizalar tayinlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Mahmud Rajabov

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing