Ko‘mir orasidagi parfyumeriya fosh etildi
Jamiyat
−
20 may 2019
3535Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” chegara bojxona postida qo‘shni davlat fuqarosi A.D boshqarib kelayotgan “SHAANXI” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Respublika Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yuk mashinasi egasi yukxonada ko‘mir ortilganligini ma’lum qilgan. Biroq, avtomashina yukxonasi tekshirilganda 3 dona qog‘oz karobkalarga joylashtirilgan, jami 71 dona sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari ham yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023