Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan ketdi...mi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Umid Ahmadjonovning O‘zbekiston Miliy olimpiya qo‘mitasi prezidentligi lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

QALAMPIR.UZ manbasining aniqashicha, hozircha Ahmadjonov rasman iste’foga chiqarilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazilishi va yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylanishi mumkin.

Ayni paytda MOQ bu borada rasmiy ma’lumot tarqatgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing