UzWaterAware: Germaniya bo‘ylab 10 kun

Jamiyat

image

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan Yevropa Ittifoqining ko‘magi ostida amalga oshiralayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida o‘zbekistonlik bir qator OAV xodimlari va ilmiy tadqiqot institutlari vakillariga 4-13 may kunlari Germaniyaga safar qildilar. Unda QALAMPIR.UZ muxbiri ham ishtirok etdi. 

 

Ekologiya, tabiat ne’matlari, xususan, suvga bo‘lgan hurmat borasida Germaniya va nemis xalqi dunyoda alohida e’tirof etiladi. Suvni tejab ishlatish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish nemis xalqining qon-qoniga singib ketgan. Qolaversa, mamlakatda chiqitga chiqqan, ishlatib bo‘lingan ichimlik suvidan ham shunchaki voz kechib yuborilmaydi. Aksincha, u zamonaviy dastgohlar yordamida qayta ishlanib, yaroqli holga keltiriladi va undan yana foydalanish mumkin bo‘ladi. 

10 kunlik safar davomida o‘zbekistonlik OAV xodimlari va mutaxassislar Germaniyaning suvni tejash va uni qayta ishlash, odamlarda ekologiya bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishda yangi metodlar yuzasidan tajriba almashdilar. 

Ular 10 kun davomida Berlin, Leypsig, Bremen, Essen, Dyusseldorf  shaharlarida Atrof-muhit,  tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi bo‘yicha federal vazirligi, Berlin Water Works suvni qayta ishlash zavodi, Deekeling Arndt Advisors DAA kompaniyasi, Vuppertal iqlim, atrof-muhit va energiya instituti, Water Integrity Network jamg‘armasida, Istiqbolli barqarorlik tadqiqotlari instituti, Xalqaro boshqaruv va IMW iqtisodiy bilimlar bo‘yicha Fraungofer markazi, BORDA – Xalqaro tadqiqotlar va taraqqiyot Bremen assotsiatsiyasi, Bremen shahridagi YUNESKOning dunyo madaniy meroslari qatoriga kiritilgan sobiq ko‘mir konida bo‘ldilar. 

Mazkur uchrashuvlar davomida orttirilgan bilimlar va olingan taassurotlar haqidagi maqolalarni taqdim etib boramiz.


Fotomuxbir Asqar Yakubov


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

4.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing