Messini jarohatlar qiynamoqda
Sport
−
01 aprel 2019
5025Argentinalik forvard Lionel Messi “Barselona”ning kechagi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi, deya xabar beradi AS.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi qornining pastki qismida og‘riq xis etmoqda. U terma jamoa safida Marokashga qarshi o‘rtoqlik bahsini ham mazkur sabab tufayli o‘tkazib yuborgandi. O‘tgan yilning dekabridan buyon Messi og‘riq bilan o‘ynab kelmoqda. Shuningdek, futbolchining o‘ng oyog‘ida ham kichik jarohat bor. Hozircha jarohatlarning qay darajada jiddiy ekanligi ma’lum emas.
Shu tufayli, 31 yoshli hujumchi mashqlarni ochiq maydonda emas trenajyor zalida individual tarzda o‘tkazgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023