“Yuventus” va “Tottenhem” murabbiy almashmoqchi

Sport

image

Xabaringiz bor, Italiyaning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum so‘ngida jamoani tark etishini ma’lum qilgan edi. 

OAVda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, “Tottenhem” va “Yuventus” bosh murabbiylari o‘rin almashishi mumkin.

“Shporlar” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasi Chempionlar Ligasi finalida yutgan taqdirda ham jamoadan ketishga tayyor. Argentinalik murabbiy xizmatlariga Turinning “Yuventus”i qiziqish bildirmoqda.

Shu o‘rinda “Tottenxem” ham bo‘sh qoladigan joyga Allegrini taklif qilishga tayyor. 51 yoshli italiyalik mutaxassis agar “shporlar” prezidenti Deniel Levi transferlar uchun kafolat bergan taqdirda klubning taklifini qabul qiladi.

Oldinroq, Allegriga “Arsenal” va “Manchester Yunayted” jamoalari qiziqayotganligi to‘g‘risidagi xabarlar yangragandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Maurisio Pochettino Yuventus Tottenxem Massimiliano Allegri

Baholaganlar

32

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing