“Haqiqiysi bizda”. Lukashenko AQSHda demokratiya yo‘qligini aytdi
Olam
−
17 aprel 3114 2 daqiqa
Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko AQSHdagi demokratiya hamda inson huquqlari haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda u RT telekanali boshlovchisi Rik Sanchesga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Belarus fuqarosi AQSHning dunyoning turli nuqtalaridagi harakatlarini keskin tanqid qilgan.
“Sizlar faqat qandaydir demokratiya va inson huquqlari haqida gapirasiz – bularning hammasi shunchaki safsata. Sizning Venesueladagi siyosatingiz, Kubaga bo‘layotgan tahdidlar, Yaqin Sharqdagi urush va boshqa harakatlaringiz sizlarning haqiqiy diktator ekaningizdan dalolat beradi. Sizlar hech qanday demokrat emassiz”, deydi Lukashenko.
Shuningdek, u Eronning Minob shahridagi maktabda yuz bergan va 175 kishi halok bo‘lgan fojiani eslatib o‘tgan.
“Qaysi inson huquqlari haqida gapiryapsiz? Agar siz inson huquqlari tarafdori bo‘lsangiz, unda insonga eng asosiy huquqni – yashash huquqini amalga oshirishga imkon bering”, deydi Lukashenko.
Uning ta’kidlashicha, inson huquqlari haqidagi gaplar faqat so‘zligicha qolmoqda.
“Bizda, men buni ancha oldin aytganman, hali demokratiyani o‘rganishingizga to‘g‘ri keladi! Bizda bu demokratiya siznikidan yuz marta ko‘proq. Haqiqiy demokratiya – haqiqiy inson huquqlari bizda”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko Birlashgan Millatlar Tashkilotini keraksiz tashkilot deb atagan edi. Shu bilan birga, u hozirgi kunda dunyo davlatlarining barchasini birlashtira oladigan BMTga o‘xshash boshqa xalqaro tashkilot yo‘qligini ham qayd etgan.
Live
Barchasi