Husanov “Siti”da mavsumning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga nomzod bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Siti” 2025-2026 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha “shaharliklar”ning eng yaxshi futbolchisi mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin olgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Citi”da mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun hozirda 25 ta nomzod nomi ko‘rsatilgan. Jamoaning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni allaqachon boshlangan bo‘lib, u joriy yilning 15 mayiga qadar davom etadi. Shundan so‘ng ovoz berishning yakuniy bosqichiga yo‘l oladigan uch nafar finalchi aniqlanadi.

Ta’kidlash joiz, Husanov ushbu mavsum davomida ikki bor – yanvar va mart oylarida “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda mazkur mukofotni xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” jamoasi afsonasi Serxio Aguero Abduqodir Husanovning o‘yinini yuqori baholab, agar shu tempda davom etsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston “Manchester Siti” Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing