Husanov “Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi aprel oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun uchta nomzodni e’lon qildi. Nomzodlar qatoridan Abduqodir Husanov, Bernardu Silva va Niko O’Rayli joy oldi. 

Ushbu uch futbolchi jamoaning muvaffaqiyatli seriyasida muhim rol o‘ynadi – “shaharliklar” oy davomida APL va Angliya Kubogi doirasidagi o‘yinlarda beshta g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov avvalroq mart va yanvar oylarida ham oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi va aprelda ham ishonchli o‘yinlarini davom ettirdi. Uning tezligi, kurashuvchanligi va agressiv o‘yin uslubi jamoa himoyasining ajralmas qismiga aylangan. Shuningdek, u hujumlarni tashkil etishda ham aniq uzatmalari va muhim bahslardagi sovuqqonligi bilan o‘zini ko‘rsatdi. Ayniqsa, “Manchester Siti”ning “Bernli” ustidan qozonilgan minimal (1:0) g‘alabasida uning xizmati alohida qayd etilmoqda.

Oyning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni allaqachon boshlangan. G‘olib nomi shu hafta oxirida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing