10-sinf o‘quvchisi BMW bilan inspektorni urib ketdi: jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida 10-sinf o‘quvchisi BMW bilan yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25 fevral kuni soat 21:46 da 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgan. YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Aynan ushbu voyaga yetmagan shaxs maktabda dars qoldirganligi uchun uning ota-onasi 2025 yilning 12 sentyabr kuni profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Shuningdek o‘z boshimchalik bilan avtomobil boshqarib qo‘pol ravishda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sabab joriy yilning 8 yanvar kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan.

Ushbu transport vositasi 2002 yilda tug‘ilgan A.L.ga tegishli bo‘lib, bu shaxs tomonidan 2024 yildan shu kunga qadar 18 marta transport vositasi boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga haydash uchun berganligi hamda qo‘shimcha ravishda 37 marta boshqa turdagi yo‘l harakat qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat qo‘zg‘atilib, dastlab tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti haydovchisi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent BMW inspektor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing