70 yoshli otaxon nabirasini zo‘rlashda gumonlanmoqda

Olam

image

Bugun, 9 fevral kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Bozor-Qo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 70 yoshli erkak 14 yoshli nabirasini zo‘rlashda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi qiz hozirda homilador. Qizning qarindoshlari mazkur holatdan xabar topishi bilan darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan. Gumonlanuvchi shaxs ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergov jarayonlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Kojaeli shahri Dilovasi tumanidagi o‘rta maktabda 32 yoshli o‘qituvchi 24 nafar o‘quvchi qizga jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanib, hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston zo'rlash nabira otaxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing