Afg‘onistonda masjidga hujum bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatidagi masjidga uyushtirilgan hujumda olti kishi halok bo‘ldi, bir kishi yaralandi. Bu haqda “Pahjwok” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, namozxonlarga hujumni o‘qotar qurolga ega bo‘lgan shaxs amalga oshirgan. “Agence France-Presse” “Tolibon” muvaqqat hukumatining ichki ishlar vazirligiga tayanib, hujum kecha, 29 aprel kuni kechqurun Hirot viloyatining G‘uzor tumanida sodir bo‘lganini yozdi.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Biroq  bu hudud bir necha bor ISHID jangarilari tomonidan hujumga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston masjid hujum Hirot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made