Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
18 aprel 5131 1 daqiqa
Bugun, 18 aprel kuni Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila soat 07:54 da sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 537 km janubi-sharqda joylashgan. Magnituda: 5,5. Chuqurligi: 150 km. Epitsentr: Badaxshon, Afg‘oniston. Koordinatalari: 36,54 daraja shimoliy kenglik, 70,51 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxandaryo viloyatida 2-3 ball, 297 km.
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 441 km.
- Jizzax viloyatida 2 ball, 460 km.
- Samarqand viloyatida 2 ball, 465 km.
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 465 km.
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 488 km.
- Andijon viloyatida 2 ball, 499 km.
- Namangan viloyatida 2 ball, 506 km.
- Toshkent viloyatida 2 ball, 532 km.
- Toshkent shahrida 2 ball, 537 km.