AQSH va Isroil Eronning tarixiy yodgorliklariga jiddiy zarar yetkazdi

Olam

image
Eronda yirik sulolaning markazi bo‘lgan bino jiddiy zarar ko‘rdi (fotoreportaj) north_east

Eronda yirik sulolaning markazi bo‘lgan bino jiddiy zarar ko‘rdi (fotoreportaj)

AQSH va Isroil Eron bilan bo‘lgan nizo davomida Islom Respublikasining tarixiy yodgorliklariga 57,7 million dollar miqdorida zarar yetkazgan. Bu haqda mamlakat Turizm vaziri Rizo Solihiy-Amiriy ma’lum qildi.

“Umumiy hisobda mamlakatning 20 ta viloyatidagi yodgorliklar shikastlandi. Zarar taxminan 7,5 trillion Eron tumani (57,7 million dollar) deb baholanmoqda”, deydi Solihiy-Amiriy. 

Uning qayd etishicha, jami 140 ta ob’ektga zarar yetgan bo‘lib, ulardan 63 tasi Tehronda, 23 tasi Isfahonda va 12 tasi Kurdistonda joylashgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 11 aprel kuni Eron va AQSH Pokiston poytaxti Islomobodda muzokaralar o‘tkazmoqda. Eron delegatsiyasiga parlament raisi Muhammad-Bog‘ir G‘olibaf boshchilik qilmoqda. Shuningdek, delegatsiya tarkibidan Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi, Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Ali Akbar Ahmadiyon va mamlakat Markaziy banki rahbari Abdulnosir Himmatiy joy olgan. Tarkibida Prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner bo‘lgan AQSH delegatsiyasiga esa vitse-prezident Jey Di Vens rahbarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilgan edi. Keyinchalik Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi Qo‘shma Shtatlar Eronning o‘nta banddan iborat taklifiga rozi bo‘lganini va Tehron tez orada Islomobodda AQSH bilan muzokaralarni boshlashini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil tarixiy yodgorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing