AQSH Venesuelaga birinchi marta hujum qildi

Olam

image

AQSH Venesuelaga birinchi havo hujumini amalga oshirdi. Bu haqda kecha, 29 dekabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuv oldidan AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi

“Ular kemalarga giyohvand moddalar yuklayotgan portda katta portlash sodir bo‘ldi. Biz barcha kemalarga zarba berdik va endi ular bularning barchasini qilgan hududga zarba bermoqdamiz. U yo‘q bo‘lib ketdi”, dedi Tramp Floridada.

Tramp 26 dekabrda Nyu-Yorkdagi WABC radiostansiyasiga bergan shunday degandi: 

“Ularning kemalar kelayotgan katta zavodi yoki katta inshootlari bor. Biz uni ikki kun oldin o‘chirib qo‘ydik”.

AQSH harbiylari ham, Venesuela rasmiylari ham bunday hujum haqida rasman xabar berishmadi. Ilgari AQSH harbiylari faqat giyohvand moddalar tashishda ayblangan Venesuela kemalariga hujum qilgan edi. Har bir bunday operatsiya Karakasda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Markaziy razvedka boshqarmasi, Oq uy va Pentagon yer usti zarbasi haqida ommaviy axborot vositalariga izoh berishdan bosh tortdi. Tramp, shuningdek, zarbani qaysi AQSH xavfsizlik agentligi amalga oshirganini aniq aytmadi. Oktyabr oyida respublikachi Markaziy razvedka boshqarmasiga Venesuelada operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berganini aytgandi .

Ijtimoiy tarmoqlarda Marakaibo qirg‘oq shahridagi Primazol Insumos Químicos kimyo zavodida portlash haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniyaning o‘zi bu elektr simlarining nosozligi tufayli omborda sodir bo‘lgan yong‘in ekanini da’vo qildi.

CNN 30 dekabr kuni manbalarga tayanib xabar berishicha, shu oy boshida Markaziy razvedka boshqarmasi Venesuela qirg‘og‘idagi “chetda joylashgan pirs”ga dron bilan zarba bergan. Undan Tren de Aragua giyohvand moddalar to‘dasi tomonidan qayiqlarga giyohvand moddalar yuklash uchun foydalanilgan. AQSH armiyasining maxsus operatsiya kuchlari operatsiya uchun razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan. CNN xabar berishicha, hujumda hech kim qurbon bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela havo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing