AQSH yana hujum qilsa, uzoq va og‘riqli javob oladi – Eron rasmiysi
Olam
−
01 may 3171 2 daqiqa
Agar Vashington Eronga hujumlarni qayta boshlasa, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi AQSH pozitsiyalariga “uzoq va og‘riqli zarbalar” bilan javob qaytariladi. Bu haqda joriy yilning 29 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy ma’lum qildi.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganiga ikki oy bo‘lgan bir paytda, Hormuz bo‘g‘ozi hali ham yopiq holda holatda. Bu esa dunyo neft va gaz ta’minotining taxminan 20 foizini to‘sib qo‘yib, global energiya narxlarining keskin oshishiga va iqtisodiy inqiroz xavotirlarining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Mojaroni hal etishga qaratilgan Pokiston boshchiligidagi harakatlar to‘xtab qolgan. 8 apreldan beri amal qilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, Eron o‘z portlariga qo‘yilgan AQSH dengiz blokadasiga javob sifatida bo‘g‘ozni yopiq saqlayapti.
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy bu qarorni himoya qilib, uni xalqaro huquq nuqtai nazaridan “qonuniy va asosli” deb atagan. U AQSHni “suv yo‘lidan noto‘g‘ri foydalanishda” ayblagan. Shuningdek, rasmiy Fors ko‘rfazidagi AQSH ob’ektlariga qilingan hujumlarni ham oqlagan va mintaqadagi ayrim davlatlarni AQSH bilan hamkorlikda harakat qilgani uchun tanqid qilgan.
Qayd etish joiz, AQSH yangi hujum boshlaydimi-yo‘qmi, bu hozircha noma’lum. Bugun, 1 may sanasi Kongress urushni ma’qullashi uchun belgilangan yakuniy muddat hisoblanadi. Agar bu tasdiqlanmasa, AQSH 1973 yilgi “War Powers Resolution” qonuniga ko‘ra harbiy harakatlarni qisqartirishga majbur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Oliy rahbari Mujtabo Homanaiy 28 fevraldan beri ilk bor xalqiga keskin murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi