AQSHda qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Olam

image

AQSHning Vashington shtatida harbiy qiruvchi samolyot qulab tushdi. Halokatdan oldin uning uchuvchisi katapulta qilishga ulgurdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 13 iyun kuni kunduzi Vashington shtatidagi Rimrok ko‘li yaqinida sodir bo‘lgan. Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, F/A-18 Hornet qiruvchi samolyoti rejali mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan vaqtda halokatga uchragan.

Uchuvchi xavfsiz tarzda katapulta qilishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot qulaganidan keyin mahalliy xizmatlar xodimlari uni topgan. Harbiy xizmatchi yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Halokatdan so‘ng samolyot bo‘laklari quruq o‘t-o‘lanlarning yonib ketishiga sabab bo‘lgan. Voqea joyiga yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari va AQSH O‘rmon xizmati xodimlari yetib borgan. Qutqaruvchilar yaqin atrofda joylashgan binolarni himoya qilish choralarini ko‘rgan va yong‘in oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirgan.

AQSH Dengiz piyodalari korpusining ma’lum qilishicha, hodisaga aviatsion nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq aniq holatlarga oydinlik kiritilishi kerak. Tergov harakatlari boshlangan, u bir necha oy davom etishi mumkin.

Halokat sodir bo‘lgan hudud Sietldan taxminan 200 kilometr janubi-sharqda, Okanogan-Uenatchi milliy o‘rmoni hududida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dominikan Respublikasida Gulfstream G200 rusumli xususiy samolyot qulab, yonib ketgandi. Hodisa oqibatida ikki kishi – uchuvchi va ikkinchi uchuvchi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qiruvchi samolyot Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing