AQSHda Trampni o‘ldirmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi
Olam
−
07 avgust 5899 2 daqiqa
AQSHning Pensilvaniya shtatida yashovchi 22 yoshli Jeykob Bakli Prezident Donald Trampga suiqasd tahdidi bilan ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar oyida Bakli TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Tramp va uning tarafdorlariga qarshi tahdidli bayonotlar joylagan.
“Bro, to‘rt kundan keyin bizda haqiqiy jinoyat bo‘ladi va men Trampni o‘ldiraman”, degan yigit.
Mazkur ish bo‘yicha tergovni AQSHning Maxfiy xizmati olib borgan. Jeykob Bakliga AQSH Prezidenti hayotiga tahdid moddasiga binoan ayblov qo‘yilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, maksimal jazo – besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, moliyaviy jarima va ozodlikka chiqqandan keyin nazorat ostida bo‘lishni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, shu yilning aprel oyida Viskonsin shtatida yashovchi bir o‘smir Trampga suiqasd uyushtirish niyatida ota-onasini o‘ldirgandi. Tergov davomida uning telefonidan natsistlar mafkurasi bilan bog‘liq materiallar va ommaviy qirg‘in quroli tayyorlashga oid dalillar topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH immigratsiya rasmiylari mamlakat Prezidenti Donald Trampga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan, Meksikadan kelgan noqonuniy muhojirni hibsga olgandi. Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati xodimi Ramon Morales Reyes ismli shaxsdan maktub olgan. Maktubda “Men bu mamlakatni faqat Prezident Trampning mitinglaridan birida boshiga o‘q uzganimdan keyin tark etaman”, deya yozgan migrant.
Live
Barchasi