Andijonda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
28 noyabr 3207 1 daqiqa
Bugun, 28 noyabr kuni Andijon viloyatidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 00:07 da 112 tizimi orqali Andijon shahar “Iqbol” MFY Boburshoh ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli binolarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:16 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 00:20 da o‘rab olingan va soat 00:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida qurilishi tugallanmagan binoning tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zangiotadagi ishlab chiqarish sexida katta yong‘in chiqqandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr