Angrendagi pichoqbozlikda 2 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
24 aprel 10665 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Angren shahrida pichoqbozlik bo‘lgani, 3 kishi pichoqlangani va ulardan 2 tasi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.
G‘iyosovning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”,“j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozircha hodisa tafsilotlari batafsil oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq InfinBANK xodimi mijozini o‘ldirib, uning jasadini kanalga tashlab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Live
Barchasi