O‘zbekistonda narxlar pasaygani aytildi. Ishonasizmi?

Jamiyat

image

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda umumiy yillik inflyatsiya 7 foizni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan biroz pasayish trendini ko‘rsatdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi. 

Qayd etilishicha, eng ko‘p xizmatlar sektorining narxlari ortgan. Masalan, sartaroshxona, shifoxona, transport, ta’lim kabi xizmatlar narxi yiliga 12 foizga oshgan. Bunda elektr energiya, tarmoq va suyultirilgan gaz narxlarining oshishi ta’sirisiz umumiy inflyatsiya 5,8 foizga, xizmatlar inflyatsiyasi esa 6,9 foizga teng bo‘lgan. Bu boshqa ko‘rsatkichlarga qaraganda ikki baravar yuqori degani. Shu bilan birga, keyinchalik xizmatlar narxi ham pasayish ko‘rsatgan. 

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining inflyatsiyasi 5,9 va 5,2 foizga teng bo‘lgan. Oziq-ovqat bozorida esa aksincha, uning o‘tgan oy uchun bazaviy inflyatsiyasi tezlashgan. Bunga asosiy sabab qilib go‘sht, shakar, bug‘doy uni va kartoshkaning qimmatlashgani ko‘rsatilgan. 

Iqtisodchilar ko‘p ishlatadigan “bazaviy inflyatsiya” – mavsumiy va energiya narxlari ta’sirini olib tashlagan holda hisoblangan ko‘rsatkich bo‘lib, u iqtisodiyotning “haqiqiy haroratini” o‘lchaydi. Aprelda mana shu umumiy bazaviy inflyatsiya 5,6 foizgacha tushgan. 2024 yilda u 9,8 foiz bo‘lganini esga olinsa, bu sezilarli o‘zgarish.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida yillik inflyatsiya foizining pasayish fonida hali narxlar oshishi davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning narxi oshishi haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank inflyatsiya narx tahlil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing