“Barselona” Londonda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi
Sport
−
26 noyabr 1752 1 daqiqa
Kecha, 25 noyabr kuni Londonda Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Stamford Brij” stadionida bo‘lib o‘tgan “Chelsi” va “Barselona” uchrashuvida mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 27-daqiqada ochildi. “Barselona” himoyachisi Jyul Kunde noqulay vaziyatda to‘pni o‘z darvozasiga yo‘naltirib darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 44-daqiqada kataloniyaliklar ahvoli yanada og‘irlashdi. Ronald Arauxo ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi va jamoa o‘n kishi bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan londonliklar bo‘limda to‘liq ustunlik qildi. 55-daqiqada Estevan Villian hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Liam Delapning goli hisobni yiriklashtirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” besh turdan keyin 10 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Barselona” esa 7 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda Kataloniya klubi o‘z maydonida Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” jamoasini qabul qiladi. “Chelsi” esa Italiyaga safar qilib, “Atalanta”ga qarshi bahs olib boradi.
Live
Barchasi