“Barselona” YeCHLda qizil kartochka olish bo‘yicha peshqadamga aylandi
Sport
−
11 aprel 1200 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Pau Kubarsi Yevropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki o‘yinidan o‘rin olgan “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinda Juliano Semionega nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.
Shu tariqa bu chetlatish klub uchun Chempionlar ligasida so‘ngi o‘n yildagi o‘n ikkinchisi bo‘ldi va bu borada mutlaq rekordchi bo‘lib turibdi. E’tiborli jihati ushbu kartochkalarning uchdan biri Hansi Flik murabbiyligidagi vaqtga to‘g‘ri keladi. Germaniyalik mutaxassis davrida – 2024-2025 yilgi mavsum boshida Erik Garsiya “Monako”ga qarshi o‘yinda, o‘sha mavsumning 1/8 finalida Pau Kubarsi “Benfika”ga qarshi o‘yinda va 2025-2026 yilgi mavsumda Ronald Arauxo “Chelsi”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan.
Ko‘plab mutaxassislar Flik kelgandan so‘ng chetlatilish ko‘payganini jamoaning yuqori chiziqda o‘ynashini sabab qilib ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Barselona”ning “Atletiko Madrid”ga qarshi javob o‘yini joriy yilning 14 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi