Bernardu Silva “Real”ga o‘tdi – Romano

Sport

image

“Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva “Real Madrid” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda mashhur insayderi Fabritsio Romano ma’lum qildi.

“Bernardu Silva “Real Madrid”ga o‘tmoqda. Kelishuv to‘liq yakunlandi. Portugaliyalik futbolchi ikki yillik shartnoma imzolaydi, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. “Real Madrid” ushbu transfer ustida taxminan 36 soat avval ish boshlagan va muzokaralarni juda tez yakunlagan. Joze Mourino Bernardoni o‘z jamoasida ko‘rishni istagan va futbolchi ham “Real Madrid”ga o‘tishga rozilik bildirgan. Bugun tarqalgan muzokaralar haqidagi ma’lumotlar to‘liq tasdiqlandi”, deb yozdi Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, bungacha Bernardu Silva “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘tgan mavsumda Bernardu Silva barcha musobaqalar doirasida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Bernardu Silva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing