“Biz kurashamiz”. Xomanaiy qasamiyodiga 10 minglab odam yig‘ildi (foto)

Olam

image

Eron poytaxti Tehron shahrida kecha, 9 mart kuni mamlakatning yangi oliy rahbari – Mujtabo Xomanaiyning qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali xabar tarqatdi.

Mujtabo Xomanaiy bu lavozimni 28 fevral kuni AQSH va Isroilning zarbasi oqibatida halok bo‘lgan otasi – Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘rniga egalladi.

Qasamyod marosimi munosabati bilan o‘n minglab odamlar Inqilob maydonida to‘plandi. IRIB muxbiri ma’lumotiga ko‘ra, odamlar mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan boshlab maydon va uning atrofidagi ko‘chalarga yig‘ila boshlagan.

Namoyishlar mamlakatning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Qum, Bobolsar, Juybor, Rabot‑Karim va Mashhad shaharlarida ham yurishlar tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, Eronning avvalgi oliy rahbari Ali Xomanaiy AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlangan qo‘shma harbiy operatsiyaning birinchi kunida o‘ldirilgan.

9 martga o‘tar kechasi 56 yoshli Mujtabo Xomanaiy mamlakatning yangi oliy rahbari etib saylangani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing