Bugun ba’zi joylarda sel-suv toshqini bo‘ladi
Jamiyat
−
08:54 3668 1 daqiqa
O‘zgidromet bugun, 5 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22–27 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22–24 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10–15 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi