Buxoroda noqonuniy porox va jangovar patronlarni saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
08 Sentabr 2025 5640 2 daqiqa
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida noqonuniy tarzda porox va jangovar patronlar saqlanishi fosh etildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy ravishda o‘q-dorilarni saqlash bilan bog‘liq holat aniqlangan.
Oldindan olingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada ikki dona sariq rangli metall idishga solingan 385 gramm kukunsimon porox hamda 75 dona turli kalibrli ov qurollariga mo‘ljallangan jangovar patronlar borligi fosh etilgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 248-moddasiga binoan fuqarolarning qurol-yarog‘, jangovar o‘q-dorilar yoki portlovchi moddalarni qonunga xilof ravishda saqlashi, olib yurishi yoki o‘tkazishi jinoyat hisoblanadi. Shuningdek, “Qurol to‘g‘risida”gi qonun va boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bunday buyumlarning muomalasini qat’iy tartibga soladi.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlarida 1 ta jangovar, 21 ta pnevmatik qurol va 7 ta o‘qotar ov miltig‘i hamda 14 dona o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olingani xabar qidingandi.
Live
Barchasi