Buxoroda oltin quymasini 209 mlnga sotayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
26 mart 2774 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida oltin quymasini 17 ming AQSH dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumanida yashovchi, 2001 va 2005 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro sof og‘irligi 110 gramm bo‘lgan nostandart shakldagi oltin quymasini 17 ming AQSH dollariga sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu qimmatbaho metallni qotishma shaklida yasab bergan, 2001 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda oltinni eritishga mo‘ljallangan uskunalar, prekursorlar hamda kislorod va suyultirilgan gaz ballonlari borligi ma’lum bo‘lgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymasining bahosi 209 mln 757 ming so‘mni tashkil etgan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Live
Barchasi