“Chelsi”ning sobiq xodimi 200 ming funt sterling o‘g‘irlashda aybini tan oldi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi sobiq xodimi Kler Uolsh to‘rt yil davomida klub mablag‘laridan 200 ming funt sterlingdan ortiq pulni o‘g‘irlab kelganini tan oldi. Bu haqda “Thye Sun” nashri xabar berdi.

Westminster Magistrates sudida Uolsh 208 521,65 funt sterlingni o‘zlashtirganlikda ayblangan va klubning sobiq xodimi o‘z aybini tan olgan. Unga 2019 yil iyunidan 2023 yil oktyabriga qadar mansab vakolatini suiiste’mol qilish yo‘li bilan firibgarlik sodir etganlik ayblovi qo‘yilgan.

Sudya Kiran O’Donnell mazkur ish miqdor jihatidan magistrlar sudi vakolatidan yuqori ekanini aytib, ishni Isleworth Crown sudiga yuborishga qaror qilgan. Uolsh sud jarayoni davomida shartsiz garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Ushbu holat Britaniyaning 2006 yilgi “Firibgarlik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, “A” toifasiga zid hisoblanib, Crown sudida u eng ko‘pi bilan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi kutilmoqda.

39 yoshli Uolsh Londonning “Stemford Bridj” stadionidan 1,6 km narida yashagan va klubda 20 yildan ortiq faoliyat yuritgan. 2020 yildan boshlab u g‘aznachilik bo‘yicha to‘liq shtatli yordamchi sifatida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik “Chelsi” “Stemford Bridj”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing