Daraxt ostiga yashiringan bolalarni yashin urdi. Qurbonlar bor
Olam
−
17:43 5500 1 daqiqa
Bugun, 18 aprel kuni Turkiyaning Diyorbakir viloyati Ergani tumanida yomg‘irdan panoh topish uchun daraxt ostiga yashiringan bolalarni chaqmoq urdi. Oqibatda 2 bola halok bo‘ldi, 1 nafari og‘ir jarohat oldi. Bu haqda TRT xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Chicheko‘zu mahallasidagi uy hovlisida sodir bo‘lgan. 14 yoshli K.Y. , 15 yoshli S.Y. va 16 yoshli M.Y. yomg‘irdan saqlanish uchun daraxt tagiga yashiringan. Daraxtni chaqmoq urishi oqibatida uch bola ham og‘ir jarohat olgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam xizmati va politsiya yetib borgan.
Yaralanganlar G‘ozi Yashargil ta’lim va tadqiqot shifoxonasiga olib borilgan, ammo K.Y. va S.Y. shifokorlarning muolajalariga qaramay vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruandaning sharqiy qismida kuchli yashin urishi favqulodda hodisaga sabab bo‘lib, 15 kishi jabrlangan va ulardan 9 nafari halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi