Dollar kursi 12 ming so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
05 may 2252 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 43,68 so‘mga ko‘tarildi va 12 037,21 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 17,48 so‘mga oshdi va 14 071,50 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,1 so‘mga ko‘tarildi va 159,62 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,4 so‘mga oshdi va 1762,33 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming 200 so‘mga tushdi va 1 mln 825 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 25 mln 634 ming 181 so‘mga ko‘tarildi va 972 mln 553 ming 489 so‘m etib belgilangan.